Xon Myon-Bo Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida qoladi

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2014, 11:44
Xon Myon-Bo jahon chempionatidagi omadsizligiga qaramay Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimida qoladi.
“Xon Myon-Boning kyetishi muammolarni hal qilmaydi, shu sababli biz u bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Murabbiy o'z joyini bo'shatib qo'ymoqchi edi, ammo Chon Mon Gyu uni 2015 yilgi Osiyo Kubogigacha qolishga ko'ndirdi. Murabbiy jahon chempionatidagi omadsizlikdan to'g'ri xulosa chiqaradi va jamoani Osiyo Kubogiga yaxshi tayyorlaydi deb o'ylayman” – deydi Janubiy Koreya futbol ascociaciyasi vice-prezidenti Xu Chjon Mu.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com