"Tottenxem" 70 millionlik forvardni nishonga oldi

Alisher Ostonov
14 dek 2025
"Brentford" forvardi Igor Tyago faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin.

24 yoshli braziliyalik futbolchini "Tottenxem" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Brentford" rahbariyati jamoa yetakchisini 70 million evroga baholamoqda.

"Shporlar" bu qishda buncha pul to'lashga tayyor emas va hujumchini ijaraga olishga harakat qiladi. "Asalarilar" esa ijaraga olishdan manfaatdor emas.

2025/2026 yilgi mavsumda Tiago 16 ta jangda qatnashib, 12 ta gol urgan. Braziliyalik va ingliz klubi o'rtasidagi shartnoma 2029 yilning yozida yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali Igorning bozor narxini 35 million evroga baholamoqda.



Alisher OstonovMuallif
Manba: Caught Offside