Timur Kapadze - Angliyada. Mutaxassis u yerda nima qilmoqda?

Alisher Ostonov
20 sen 2025, 23:27
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ayni paytda Angliyada bo'lib turibdi.

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev Timur Tohirovich bilan bog'lanib, tafsilotlar bilan qiziqdi.


- Angliyaga malaka oshirishga bordingizmi? Agar shunday bo'lsa, qaysi klubga?

- Yo'q, bu amaliyot emas. Men shunchaki Angliyaga keldim. "Manchester Siti" bilan amaliyot o'tash bo'yicha kelishib olmoqchi bo'lganimizdan beri menda viza bor edi. O'shanda borishning iloji bo'lmadi, ammo viza qilingandi. Viza oktyabrgacha mo'ljallangan, shuning uchun bu erga uchib kelishga qaror qildim.

- Hozir Angliyada nima qilib yuribsiz?

- O'yinlarni tomosha qilaman. Bugun "Vest Xem" - "Kristal Pelas"ni ko'rdim, ertaga "Arsenal" - "Manchester Siti" o'yini bo'ladi. Shundan so'ng "Siti"ning yana ikki o'yiniga - Kubok ("Xaddersfild"ga qarshi) va APLdagi uy o'yiniga ("Byornli"ga qarshi) borishni rejalashtiryapman. Agar ruxsat berishsa, yana bazani ko'rishni, "shaharliklar" mashg'ulotlariga borishni istardim. Bu hozircha "so'roq ostida" - ularning jadvali tig'iz. Husanov bilan uchrashmoqchiman, suhbatlashmoqchiman. Umuman olganda, Angliyada bo'lishning o'zi katta zavq. Bungacha bu yerda bo'lmaganman, ingliz futbolini jonli tomosha qilish qiziq.



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia