

QIZILQUM - SURXON
O'zbekiston Superligasining 10-turidan o'rin olgan Qizilqum- Surxon uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Iqboljon Malikjonov bosh hakam tomonidan ogohlantirilgandan so'ng yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Iqboljon Malikjonovga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
DINAMO - AGMK
Superliganing 10-turi doirasidagi Dinamo- AGMK uchrashuvning 90+5-daqiqasida AGMK jamoasi murabbiyi Pavel Bugalo yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Pavel Bugaloga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
SURXON - SO'G'DIYONA
U-21 Birinchiligi 9-turi doirasidagi Surxon- So'g'diyona uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib Surxon jamoasi futbolchisi Asilbek Temirov o'yin to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisining ko'krak qismiga urgani va tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asilbek Temirovga nisbatan 3ta o'yinga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
ARAL - CHIG'ATOY
Birinchi liga 6-turi doirasidagi Aral- Chig'atoy uchrashuvning 90-daqiqasiga kelib o'yin to'xtatilgan vaqtda Aral jamoasi futbolchisi Asad Jumanmuratov raqib o'yinchisiga nisbatan qilgan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asad Jumanmuratovga nisbatan 3ta o'yinga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
QIZILQUM-V - NEFTCHI-V
Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi Qizilqum-V - Neftchi-V uchrashuvning 90+2-daqiqasida Qizilqum-V jamoasi futbolchisi Ezoza Sharipova jamoasiga nisbatan o'yin qoidasi buzilgandan so'ng raqib o'yinchisi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ezoza Sharipovaga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish chorasi qo'llanildi.



