“Tambov” matbuot xizmati: “Supermario “Rostov”ni yana "bosib" o'tishga tayyor”

Eldor Akmurzayev
5 avg 2020
Rossiya chempionati 2020/21 yilgi mavsumining ilk turi doirasida 8 avgust kuni “Tambov” o'z maydonida “Rostov”ni qabul qiladi.

Maydon egalari bo'lajak o'yin uchun hazilomuz afisha taqdim etishdi. Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 2 bahsda “Tambov”ning qo'li baland kelgandi. Rasmda mashhur o'yin qaxramoni yana shu ishni takrorlashga tayyorligi aks etgan.

“Shanba kuni “Rostov”ga qarshi o'tadigan bahsni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, deya yozilgan jamoa sahifasiga.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru