Tadich ham Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tadimi? Unda "Al Qodisiya"dan taklif bor

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyul 2024, 12:19
"Fenerbaxche" yarim himoyachisi Dushan Tadich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, o'tgan mavsum Birinchi divizionda birinchi o'rinni egallab, PRO-Liga (eng yuqori darajadagi liga) yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Al Qodisiya" serbiyalik futbolchi transferi uchun 6 mln evro to'lashga rozi.

Eslatib o'tamiz, "Al Qodisiya" avvalroq gabonlik Per-Emerik Obameyang hamda Belgiya termasi kiperi Kun Kastelsni o'z safiga qo'shib olgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: x.com