Superliga. Qarshidagi "Markaziy" stadion "Nasaf"ning chempionlik sari navbatdagi qadamini tashlashi uchun tayyor GALEREYA

Tolibjon Qosimov
3 noya 2022, 16:26
Bugun Coca Cola Superligada 24-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi.

Chempionlik uchun asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turgan "Nasaf" bugun o'z maydonida Superliga bilan allaqachon xayrlashib ulgurgan "Dinamo"ni qabul qiladi. Qarshidagi "Markaziy" stadion "ajdarlar"ning chempionlik sari navbatdagi qadamlarini tashlashlari uchun shay holatga keltirilgan.

"Championat.asia" saytining Qarshida bo'lib turgan muxbiri Tolibjon Qosimov "Markaziy" stadiondan qaynoq suratlarni e'tiboringizga havola etadi.

"Nasaf" bir necha kun oldin qo'lga kiritgan O'zbekiston kubogi sovrini klub muzeyini bezab turibdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia