SofaScore. Shomurodov va Fayzullaev necha ballga loyiq ko'rildi?

Оқил Абдубарноев
21 fev 2026
Biroz avval Turkiya Superligasi 23-tur doirasidagi "Alanyaspor" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini yakunlandi.

Uchrashuvda "Istanbul Bashakshexir" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollardan biriga Abbos Fayzullaev ishlagan penaltini golga aylantirgan Eldor Shomurodov mualliflik qildi. 

O'zbekistonlik ikki futbolchi ham bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 70 daqiqa to'p tepdi. SofaScore tahliliga ko'ra, Shomurodov 6,7 ball, Fayzullaev esa 7,1 ballga loyiq deb topilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: SofaScore