Sanjar Shoahmedov: Neftchiga qarshi bahs juda muhimligini jamoada barcha tushunib turibdi

Omonjon To`xtamirzayev
9 mar 2024
10 mart, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan Dinamo - Neftchi o'yini oldidan mezbonlar yarim himoyachisi Sanjar Shoahmedov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Birinchi turda Navbahorga qarshi bahs qiyin bo'lishini bilardik. Bu uchrashuvda biz kutgan natija bo'lmadi. Nasib qilsa keyingi o'yinlarda yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz.

Neftchiga qarshi bahs juda muhimligini jamoadagi barcha tushunib turibdi. Xudo xohlasa, kerakli ochkolarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Bu orqali muxlislarni xursand qilishni niyat qilganmiz, - deydi Sanjar Shoahmedov.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Динамо" Самарқанд ФК