Sancho "Bavariya"ga qarshi uchrashuvi boshlanish arafasida videoo'yin bilan band bo'lgan

Оқил Абдубарноев
21 sen 2023, 19:54
"Manchester Yunayted" futbolchilari YCHL doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik o'krayotgan payti Jeydon Sancho EA Sports FC 24 videoo'yini bilan mashg'ul bo'lgan.

Angliyalik vinger murabbiy Erik ten Xag bilan kelishmovchilikka borib, mashg'ulotlardan chetlatildi. "Bavariya"ga qarshi bahsda ishtirok etish uchun u Myunxenga bormadi. U yerda inglizlar 3:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Muxlislar mazkur uchrashuv boshlanishiga ikki soatdan kamroq vaqt qolganida futbolchining EA Sports FC 24 videoo'yinida onlayn rejimda o'ynayotganini payqab qolishgan.

Sancho "Manchester Yunayted"da 2021 yildan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsum vinger Angliya Premer-ligasida uchta o'yin o'tkazib, birorta gol urmadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail