Roberto Karlos yuragidagi muammolar sabab operaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
31 dek 2026
Roberto Karlos jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi

"Real" va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlos yuragidagi muammolar sababli shifoxonaga yotqizildi.

"As" xabariga ko'ra, Karlos Braziliyada tatilda bo'lgan vaqtida uning oyog'ida tromb aniqlangan. MRT sobiq futbolchida yurak muammolarini aniqladi, shu sababli u kateter o'rnatish operaciyasi uchun shifoxonaga yotqizildi. Asoratlar tufayli operaciya taxminan uch soat davom etdi, ammo yakunda muvaffaqiyatli o'tdi.

Ayni damda Karlosning hayoti va sog'lig'iga hech qanday xavf yo'q. Yaqin ikki kun davomida u shifokorlar nazoratida qoladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As