

Ispaniyalik futbolchining jismoniy holati so'nggi paytlarda yomonlashib bormoqda, bu esa uning "qaymoqranglilar" safida "Real Ovedo" va "Barselona"ga qarshi ikkita o'yinni o'tkazib yuborishiga sabab bo'ldi.
"Diario AS" nashrining xabar berishicha, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 21 yoshli futbolchini Jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritishi aniq emas.

Din Xyoysen 2025 yilning mart oyida debyut qilganidan beri Ispaniya terma jamoasi safida 7 o'yinda maydonga tushdi. U ushbu mavsum "Real" tarkibida 38 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.



