Rasman: Jaloliddin Masharipov - "Istiqlol" futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
13 fev 2024, 20:36
Eronning "Istiqlol" klubi Jaloliddin Masharipov transferini e'lon qildi.

Klub rasmiy OAVlarining xabar berishicha, yakshanba kuni “Istiqlol” bilan rasmiy shartnoma imzolash uchun Tehronga yo'l olgan O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov to'liq tibbiy ko'rikdan o'tgach, 1,5 yillik bitimga imzo chekdi.

Avvalroq yarim himoyachining "Navbahor"ga o'tishi mumkinligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Истиқлол" матбуот хизмати