Rasman: “Bavariya” futbolchisi Qatar klubiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2021
Myunxenliklar yarim himoyachisi Xavi Martines faoliyatini “Qatar SK"da davom ettiradi.

32 yoshli futbolchi 2012 yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U jamoani erkin agent sifatida tark etib, qatarliklar safiga borib qo'shildi.

Ispaniyalik 2020/21 yilgi mavsum Bundesligada 19 o'yinda qatnashdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/QatarSportClub