“Paxtakor” ertaga BAAga uchib ketadi. Futbolchilar ro'yxati

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2020
"Paxtakor" ertaga BAAning Abu Dabi amirligiga xorij yig'ini o'tkazish uchun jo'nab ketadi.

BAAning Abu Dabi amirligida 15-30 yanvar kunlari yig'in o'tkazadigan "Sherlar" u erda uchta bellashuvda maydonga tushishi rejalashtirilgan. 20 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov", 24 yanvarda Slovakiyaning "Jilina" va 29 yanvar sanasida Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" jamoalari bilan o'yinlar o'tkaziladi. Yig'in mobaynida jamoa Abu Dabidagi “Marriott” mehmonxonasida istiqomat qiladi.

BAAga yo'l oladigan delegaciya tarkibi quyidagicha:
Bosh murabbiy
– Shota Arveladze, sport direktori – Jafar Irismetov, texnik direktor – Sobir Xodiev, murabbiylar – Piter Xyuistra, Gocha Tkebuchava, Jasur Abduraimov, Laslo Yambor, Ibrohim Yilmaz, mamurlar – Shoyunus Shoqodirov, Adham Samigov, Doston Tolibjonov, shifokor – Umid Bahromov, massajchilar – Shavkat Eryomin, Vitaliy Sizov, Akbar Shoyuqubov, operator – Hojiakbar Sharapov, ilmiy guruh – Sergey Malashtan, Yuriy Siyanov.

Futbolchilar – Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Umid Hamroev, Aziz Isaqov, Vladimir Kozak, Sherzod A'zamov, Farruh Sayfiev, Egor Krimec, Umar Eshmurodov, Anzur Ismoilov, Akram Komilov, Alisher Salimov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Odil Hamrobekov, Sadriddin Abdullaev, Dragan Cheran, Humoyun Iminov, Jaloliddin Masharipov, Sardor Sobirxo'jaev, Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov, Asad Sobirjonov, Bahrom Abdurahimov, Diyor Xolmatov, Ruslan Roziev, Igor Sergeev, Shohruh Mahmudhojiev, Ulug'bek Hoshimov.

Hojiakbar Alijonov, Jasur Yaxshiboev, Abror Ismoilov va Doston Ibrohimov Tailandda o'tayotgan U-23 terma jamoalar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan so'ng klub ixtiyoriga qaytishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz