O'zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi qanday libosda maydonga tushishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2025, 12:20
Ertaga Mirabror Usmonov Kubogi-2025 musobaqasining ilk uchrashuvidan o'rin olgan O'zbekiston – Saudiya Arabistoni bahsi bo'lib o'tadi.

Turnir oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Unda mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarga turnirga oid bir qator masalalar, xususan, reglament, tibbiyot, media va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

O'zbekistonlik futbolchilar mazkur bahsda to'liq oq, darvozabon esa qora libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Saudiya Arabistoni bellashuvi 22 yuil kuni "Jar" stadionida 20:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати