O'zbekiston U-16 chempionati. "Paxtakor" "Nasaf"ni yirik hisobda mag'lub etib, chempionga aylandi, "Bunyodkor" – uchinchi o'rin sohibi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2021
Bugun U-16 chempionatida hal qiluvchi bellashuvlar o'tkazildi.

Uchinchi o'rin uchun bahsda "Bunyodkor" "Andijon"ni 4:2 hisobida dog'da qoldirdi va uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

"Andijon" U-16 - "Bunyodkor" U-16  2:4 

Gollar: Azizbek Usmonov, 27 (1:0), Abduazim Ortiqov, 54 (1:1), Abduazim Ortiqov, 58 (1:2), Iskandar Soliev, 66 (1:3), Abduazim Ortiqov, 79 (1:4), Abubakr Rejabboev, 84 (2:4)

Musobaqaning final bellashuvida "Nasaf" hamda "Paxtakor" o'zaro ro'baro' keldi va unda "sherlar" yirik g'alabani tantana qilib, chempionga aylanishdi.  

"Nasaf" U-16 - "Paxtakor" U-16  0:4

Gollar: Temur Odilov, 7 (0:1), Ravshan Abdumannonov, 20 (0:2), Danila Ni, 66 (0:3), Ravshan Abdumannonov, 89 (0:4)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba:

O'xshash yangiliklar