O'zbekiston ayollar terma jamoasi qo'shnilarga qarshi bahs uchun tarkibni e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
18 dek 2024
Bugun Farruh Zokirov boshqaruvidagi futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Ayollar terma jamoamiz 21 va 23 dekabr kunlari Bishkek shahrida Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishadi.

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futzalchilar ro'yxati bilan tanishing:

Sevara Nurullaeva, Nilufar Baxtiyorova, Maftuna Shoyimova, Dildora Nozimova, Feruza Turdiboeva, Madina Vohidova, Lyudmila Karachik, Xolida Dadaboeva, Ominaxon Valixonova, Darina Fedosenko, Shodiya Tosheva, Ilvina Ablyakimova, Zumrat Nazarova, Laziza Jumaboeva.

Bosh murabbiy: Farruh Zokirov


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати