O'yindan o'q chiqdi, "Arsenal"ning 3 kunlik futbolchisi 3 haftaga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
30 avg 2024, 22:53
Mikel Merino bir necha haftani jarohati sababli o'tkazib yuboradi.

Bu hafda jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta xabar bermoqda.

"Yomon holat. U elkasidan jarohat oldi va bir necha haftaga safdan chiqdi. Polga yiqilib tushdi, Gabi uning ustiga yiqildi. Balki uning elkasi singan bo'lishi ham mumkin", - dedi Arteta.

Merino 27 avgust kuni "Real Sosedad"dan 33,5 mln evro evaziga "Arsenal"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal