O'FA rahbariyati Niderlandiyaning O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi: PSV vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
13 may 2025
O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati Niderlandiya Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Niko Shermers bilan ko'rishdi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi. 

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov uchrashuvda o'zbek futbolining tarixi, Prezident tashabbusi bilan qad rostlayotgan Milliy futbol markazining faoliyati hamda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirib, associaciya ikki mamlakat futbolining rivoji yo'lida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Shuningdek, ayollar va bolalar futbolini rivojlantirish, ikki mamlakat futboli mutaxassislari ishtirokida tajriba almashish maqsadida turli seminarlar o'tkazish masalalari muhokama qilindi. Futbol talimi, texnologiyalar va sport tibbiyoti yo'nalishlarida hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha fikr almashildi.

Bundan tashqari, Niderlandiyaning yetakchi klublaridan biri bo'lgan PSV Eyndxoven vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash tizimini samarali yo'lga qo'yish va bu borada muzokaralar olib borish muhimligi takidlandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати