"Navbahor" sobiq hujumchisi Boliviyaga yo'l oldi

Оқил Абдубарноев
31 yanv 2026, 15:27
O'tgan mavsum "Navbahor" sharafini himoya qilgan braziliyalik futbolchi Pedro Augusto o'ziga yangi jamoa topdi.

26 yoshli forvard Boliviyaning "Deportivo Guabira Montero" jamoasi safiga qo'shildi. Forvard 99-raqamda to'p tepadi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Pedro Augusto "Navbahor" tarkibida barcha musobaqalarda 26 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 gol va 1 assist yozdirgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia