"Nasaf" yangi futbolchilarni ommaga tanishtirdi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2023
"Ajdarlar" kecha Qarshi shahrida Yoshlar markazidagi faollar zalida yangi kelib qo'shilgan Javohir Sidiqov, Muhammadjon Rahimov, Shuhrat Muhammadiev va Aziz Amonovning tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi, Qashqadaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murotjon Azimov hamda viloyat rahbarlari, jamoa muxlislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Klub tomonidan jamoaga yangi kelib qo'shilgan Javohir Sidiqov, Muhammadjon Rahimov, Shuhrat Muhammadiev va Aziz Amonov tanishtirildi.

Eslatib o'tamiz, jamoa Superliganing 1-turida Andijonning "Andijon" jamoasini qabul qiladi. Bellashuv 4 mart kuni 16:30 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати