

Bu haqda ENTER Engineering matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu mablag'lar "Nasaf" klubining moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish, o'quv-mashg'ulot jarayonining yuqori sifatini taminlash, shuningdek, futbolni keng aholi o'rtasida ommalashtirish va targ'ib qilish uchun yo'naltiriladi.
"Nasaf" jamoasi rahbariyati o'z futbol maktabi bazasida yosh futbolchilarni tarbiyalash maqsadida legioner futbolchilardan voz kechishga qaror qildi.
Takidlash lozimki, ayni vaqtda qarshiliklarning 12 nafar futbolchisi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi sanaladi. "Nasaf" bugungi kunda O'zbekistonning eng kuchli va eng mashhur klublaridan biri hisoblanadi.




