Nahotki?! "Qizilqum" bugun "Andijon"ga qarshi ikkinchi tarkib bilan tushadimi?

Tolibjon Qosimov
7 avg 2024, 14:20
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston kubogida chorak finalning ikki bahsi bo'lib o'tadi.

Qarshida "Qizilqum" jamoasi "Andijon"ni qabul qiladi. Uchrashuv 20:00 da start oladi. Biroz avval navoiyliklar matbuot xizmati bugungi o'yin uchun jamoaning qaydnomasini e'lon qildi. Qizig'i, qaydnomadan 13 nafar asosiy o'yinchilar joy olmagan. "Qizilqum" bugun ikkinchi tarkibni tushiradi degani bu.

"Qizilqum"ning "Andijon"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi:


Qaydnomada quyidagi futbolchilar o'rin olmagan: 

1.Robert Ozols

2.Nikolay Tarasov

3.Giorgi Kuxianidze

4.Elguja Lobjanidze 

5.Muhammadali G'iyosov

6.Davron Anvarov

7.Azizbek Usmonov

8.Jamoliddin Ubaydullaev

9.Samandar Shukurullaev

10.Asror G'ofurov

11.Akaki Shulaya

12.Fayzulla Qambarov

13.Baxtiyor Qosimov

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia