MYU joriy mavsum ushbu natijaga erishgan yagona jamoa

Khoja
18 apr 2025
Kecha Yevropa ligasining navbatdagi uchrashuvida Manchester Yunayted Lionga qarshi bahs olib bordi va asosiy vaqtda 2:2 hisobidagi durang natijasini qayd etdi.

Shu tariqa, Amorim jamoasi joriy mavsum Evrokuboklarda mag'lubiyatsiz ketayotgan yagona jamoa bo'lib qoldi. Hozirda jamoa Yevropa ligasida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta uchrashuvda g'alaba qozondi va 5 ta uchrashuvda durang o'ynadi.

Endi MYU Yevropa ligasining yarim finalida Atletikka qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar 1 va 8 may kunlari bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com