Mikel Merino "Real"ga qarshi bahsdan avval: "Biz "Arsenal" tarixiga kirmoqchimiz"

Omonjon To`xtamirzayev
8 apr 2025
Mikel Merino YCHL doirasida "Real"ga qarshi o'yindan avval fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Xabaringiz bor, Londonga ko'chib o'tguniga qadar Mikel Merino Ispaniyada "Real Sosedad" sharafini himoya qilgan. 

"Real" bilan qarama-qarshilik:
Eng yorqin tajriba - Ispaniya Kubogi doirasidagi o'sha bellashuvda biz zafar quchgan va raqibni musobaqadan chiqarib yuborgandik. Biroq oxirgi daqiqalarda "Real" juda kuchli bosim o'tkazgan.

"Arsenal" Chempionlar ligasida "Real"ni faqat bir marta mag'lub etgan:
O'sha bahs tarixga kirgan. Bu erda u uchrashuv bilan bog'liq yorqin xotiralar mavjud va biz shu kabi tarix yaratish uchun "Madrid" bilan ro'baro' kelishni intiqib kutyapmiz.

Jarohatlar bilan bog'liq vaziyat haqida
Jamoamizning siri - birdamlikda. Biz shunchaki individual kuchli futbolchilar to'plangan guruh emasmiz, biz bir oilamiz va o'zaro hamjihatlikda ish ko'ramiz.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca