"Manchester Yunayted" Braziliya klubidan futbolchi xarid qilmoqchi
3 may 2026, 13:55
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Botafogo"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Daniloni nishonga oldi.
Futbolchining taxminiy qiymati 40 million evroni tashkil etadi. Shuningdek, futbolchiga "Bayer”, "Fulxem”, "Palmeyras”, "Napoli" va "Flamengo" klublari qiziqish bildirmoqda.
Danilo 2025 yildan beri "Botafogo" safida o'ynamoqda.