"Lokomotiv": Kim Dong Jin ertangi o'yin hakami

Aslanov Jasurbek
29 fev 2016, 12:05
Janubiy koreyalik Kim Dong Jin “Al-Ittixod” – “Lokomotiv” uchrashuvini boshqarib boradi.

1973 yilning 9 iyun kuni tavallud topgan Kim OFKning elit hakamlar guruhi a'zosi hisoblanadi.

Mazkur referi O'zbekiston klublari va terma jamoalari ishtirokidagi 9 ta bellashuvda ishlagan. Shularning 6 tasida vakillarimiz zafar quchgan bo'lishsa, yana 2 tasida raqib jamoa muvaffaqiyatga erishgan, 1 ta o'yinda g'olib aniqlanmagan.

Kim Dong Jin “Lokomotiv” ishtirokidagi 1 ta bellashuvda hakamlik qilgan va u xalqaro maydondagi eng yirik g'alabamiz bilan yakun topgan. O'tgan yilning 8 aprel kuni jamoamiz Qatarning “As-Sadd” klubini 5:0 hisobida taslim etgandi. O'sha bellashuv qaydnomasiga kiritilgan 12 nafar futbolchi ertaga “Al-Ittixod”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Kim Dong Jinga qanotlarda hamyurtlari Li Jung Mi hamda Song Bongkeun yordam berishadi. Yordamchi hakam iroqlik Zaid Tamir Muhammad.

1 mart, 2016. “Qirol Abdulloh” stadioni.
AL-ITTIXOD (S. Arabistoni) – LOKOMOTIV (O'zbekiston)
Hakamlar: Kim Dong Jin, Li Jung Mi, Song Bongkeun (barchasi J. Koreyadan), Zaid Tamir Muhamad (Iroq).
Nazoratchi: Ali Muhammad Said (BAA).
Inspektor: Davlatmand Islomov (Tojikiston).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz