La Liga. Serlotning goli "Atletiko"ga Madridda "Alaves" ustidan g'alabani taqdim etdi

Alisher Ostonov
18 yanv 2026
La Liga 20-tur doirasidagi "Atletiko" - "Alaves" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahsdagi yagona gol 48-daqiqada Pablo Barriosning pasidan so'ng Aleksandr Serlot tomonidan kiritildi.

"Atletiko" La Ligada 20 o'yindan so'ng 41 ochko jamg'arib, to'rtinchi o'rinda, "Alaves" esa 19 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda.


18 yanv 2026, 20:15
Atlético Madrid — Deportivo Alavés
1 – 0
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia