OPL. "Sabah" bu safar raqibiga javobsiz 5 ta gol urdi

Alisher Ostonov
14 mar 2026, 19:45
OPL 24-tur doirasidagi "Imishli" - "Sabah" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 66-daqiqada zaxiraga olindi.

Bahs "Sabah"ning 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Sabah" Ozarbayjon chempionatida 24 o'yindan so'ng 59 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda, ikkinchi o'rindagi "Qorabog'" esa 22 ta o'yinda 49 ochko to'plagan.






O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia