Iguain ushbu mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
3 okt 2022
Hujumchi Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

"Inter Mayami" klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 34 yoshli argentinalik futbolchi MLSning ushbu mavsumi yakunlanganidan keyin butsalarini mixga iladi.

Ushbu mavsumda fovrard 21 o'yinda 14 gol va 3 assist qayd etdi. Futbolchilik faoliyati davomida Iguain Real, Yuventus, Milan, Napoli, Chelsi, River Pleyt kabi jamoalar tarkibida o'ynagan.

"Inter Mayami"ning ushbu mavsumda ikki o'yini qoldi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca