"Humo Arena" yonidagi ko'chalarda transport harakati cheklanadi

Sherzod Nurmatov
13 sen 2024
Ertadan O'zbekistonning uch shahri - Toshkent, Buxoro va Andijon mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha 2024 yilgi FIFA jahon chempionatiga start beriladi.

Markaziy Osiyoda ilk bor o'tadigan mazkur turnir 14 sentyabrda boshlanib, 6 oktabrgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha Toshkent shahrida joylashgan "Humo Arena" sport majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini taminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan quyida keltirilgan ko'chalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanadi:



Furqat - Beshyog'och ko'chasidan Beshyog'och ko'chasi bo'ylab, Beshyog'och - Afrosiyob ko'chalari kesishgan chorrahasigacha;

Beshyog'och - Afrosiyob ko'chalari kesishgan chorrahasidan, Afrosiyob ko'chasi bo'ylab,

I.Karimov - Afrosiyob ko'chalari kesishgan chorrahasiga ko'chasigacha hudud yopiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: yuz.uz