Futzal. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Chig'atoy bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi

Alisher
28 dek 2021
Kelgusi yilning yanvar oyida Dushanbe shahrida bo'lib o'tadigan “CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022” xalqaro turniriga tayyorgarlik ko'rish maqsadida futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi 24 dekabr kuni Toshkentdagi Chig'atoy bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.

Jamoa bosh murabbiyi Farruh Zokirov ushbu yig'inga 20 nafar futbolchini jalb qildi. 

Mashg'ulotlar Bunyodkor akademiyasining sport zalida kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Navbatdagi yig'in esa keyingi yilning yanvar oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz