Fransiya Superkubogi Osiyoda bo'lib o'tadi

Оқил Абдубарноев
23 mar 2023, 19:50
Mazkur bahs yoz fasliga rejalashtirilgan.

2023 yilgi Fransiya Superkubogi Tailand mamlkatida bo'lib o'tadi. Liga 1 chempioni va Kubok g'olibi o'rtasidagi o'yinga Bangkokdagi "Rajamangala" stadioni mezbonlik qiladi.

Mazkur bellashuv joriy yilning 5 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, PSJ mamlakat Superkubogining amaldagi sohiblari sanaladi. Ular o'tgan yili "Nant"ni 4:0 hisobida mag'lub etgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo