FIFA koordinatorlari "Do'stlik" terma jamoalar markazi qurilish ishlari bilan tanishishdi

Sherzod Nurmatov
11 avg 2022
Xabaringiz bor, ayni kunlarda FIFA koordinatorlari Andrey Vashkevich va Lorenco Fofi mamlakatimizda bo'lib turishibdi.

"Bugun kunning birinchi qismida FIFA vakillari Toshkent viloyatida qad rostlayotgan "Do'stlik" terma jamoalar markazini ko'zdan kechirish uchun qurilish maydoniga tashrif buyurishdi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur markazda o'rin olgan obektlar, xususan, futbolchilar istiqomat qilishi uchun mo'ljallangan mehmonxona, mashg'ulot maydonchasi va zallari, stadion loyihasi haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadigan tibbiy-tiklanish markazi, kutubxona, restoran, yashil hudud kabi obektlarning aynan ushbu bazadan joy olishi aytildi", – deyiladi O'FA xabarida.

"Bundan oldin yurtimizda terma jamoalarning tayorgarligi uchun zarur bo'lgan zamonaviy va barcha infratuzilmani o'z ichiga olgan futbol markazi bo'lmagan. Bu futbolchilar va murrabiylarning orzusi hisoblanadi. Shuning uchun ham O'FA shunday markazni barpo etishga bel bog'lagan. FIFAning qo'llab quvvatlashi orqali biz ushbu markaz barcha zamon talablariga javob berishiga va uzoq yillar davomida futbol rivojlanishi uchun hizmat qilishiga ishonamiz", – deya ta'kidladi Ravshan Ermatov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати