"Fanat Superliga". "Nasaf" – "So'g'diyona" 3:1

Narzulla Saydullayev
9 apr 2020, 17:14
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Nasaf" – "So'g'diyona"

"O'yin" soat 17:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-Savol: 2000 yil Oliy ligada "Nasaf" to'purari kim bo'lgan? Javob: Zafar Xolmurodov (Abdulxaqov Nodir  "Nasaf" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-Savol: 2007 yil Shavkat Salomov qaysi klubda o'ynagan? Javob: "Quruvchi" yoki "Bunyodkor" (Shahzod Rasulev  "Nasaf" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-Savol: 2004 yil Oliy ligada "So'g'diyona" to'purari kim bo'lgan? Javob: Rasul Hayitov (umka23_real "Nasaf" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-Savol: 2016 yil Zafar Polvonov qaysi klubda o'ynagan? Javob: "Sho'rtan" (juraev 6566 "So'g'diyona"  muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Nasaf" – "So'g'diyona" 3:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia