

Irlandiyaning Dublin shahrida tashkilot Ijroiya qo'mitasi yig'ilib, kelgusi uch yilda klublar o'rtasidagi nufuzli turnirning hal qiluvchi bellashuvlari o'tkaziladigan hududlarni aniqladi.
Unga ko'ra, 2025 yilgi turnir finali Myunxendagi "Alyanc Arena"da, 2026 yil Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da, 2027 yil esa Milandagi "San Siro" o'yingohiga taqdim etildi.
Yevropa ligasi yakuniy bahsi esa 2025 yil Bilbao, 2026 yil Istanbul, 2027 yil Frankfurtda o'tkaziladi.
Shuningdek, Konferenciyalar ligasi chempionligini aniqlovchi o'yinga Vroclav (2025), Leyptsig (2026) va Istanbul (2027) shaharlari mezbonlik qiladi.



