Eshitdik-da! Arveladze O'zbekistonga qaytishi mumkin. Ammo, qaysi jamoaga?

2017 yilning yozida Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qilib olgan Shota Arveladze 2020 yilning oxirida jamoa bilan xayrlashgan edi.

U ayni paytda ishsiz bo'lib turibdi. Ammo, futbol ommasi gruziyalik mutaxassisning tez orada yurtimizga qaytishi haqida gapiryapti. "Championat.asia"ga ma'lum bo'lishicha, Shota Yustinovichning xizmatlariga "Paxtakor" bilan birga, O'FA ham qiziqmoqda. U Saudiya Arabistonidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin bosh murabbiysiz qolgan O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Ma'lumot uchun, "Paxtakor" sport direktori Jafar Irismetov 8 iyun kuni saytimiz muxbiri bilan suhbatda Arveladze haqidagi mish-mishlarni rad qilmagan edi.

Eslatib o'tamiz, Shota Yustinovich O'zbekistonni tark etgach, turk matbuoti uning "Fenerbaxche" va "Kayserispor" klublari bosh murabbiyligiga asosiy davogar bo'lib turgani haqida ma'lumot berdi. Keyinchalik mutaxassisga Qatarning "Al Garafa" jamoasidan taklif bo'lgani aytilgan edi...

“Pul unumli emas, ko'p pul unumli” – Shota Arveladze “Paxtakor”ni nega tark etdi?

Shota Arveladze "Paxtakor" boshqaruvidagi birinchi mavsumida O'zbekiston chempionatida bronza, 2-sida kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, klub oxirgi 2 yil davomida ichki musobaqalarda trebl va oltin dubl qayd etdi.


Manba: championat.asia