"Denov" - “Hududiy kubok egalari kubogi-2021" g'olibiga aylandi

Alisher
20 noya 2021
Buxoro shahrida “Hududiy kubok egalari kubogi” musobaqasi o'z poyoniga etdi.

Turnir finalida Surxondaryo viloyatining “Denov” klubi Qoraqalpog'iston”ning “Aqmangit”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 3:1 hisobida denovliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, “Denov” “Hududiy kubok egalari kubogi” sohibiga aylandi hamda birinchi liga yo'llanmasi uchun o'tkaziladigan pulka o'yinlariga yo'llanma oldi. 

Final

“Denov” – “Aqmangit” – 3:1


AlisherMuallif
Manba: championat.asia