Bokschi Amir Xon Aleks Fergyuson bilan uchrashdi, biroq uning admini mutaxassisni yaxshi tanimagan ko'rinadi

Оқил Абдубарноев
29 avg 2022
Taniqli bokschi Amir Xon "Manchester Yunayted" afsonasi Ser Aleks Fergyuson bilan uchrashdi.

Shotlandiyalik mutaxassis barcha davrlarning eng yaxshi murabbiylaridan biri sifatida etirof etilgan.

"Manchester Yunayted"ning "Sautgempton"ga qarshi o'yini oldidan ko'pchilik muxlislar singari Amir Xon ham Fergyusondan birga suratga tushishni so'ragan.

Keyinchalik uning admini tvitterga ushbu suratni joylagan hamda Vikipediyada Ser Aleks haqida qayd etilgan ma'lumotlarni aynan yozilganidek ko'chirgan. Yani ushbu postda Vikipediyada yozilganidek, 1986 yildan 2013 yilgacha "Manchester Yunayted"ni boshqargani bilan yodda qolgan va barcha davrlarning eng yaxshi futbol murabbiylaridan biri sifatida tanilgan" deya xabar qoldirilgan.

Ushbu xabar ko'pchilikning diqqatini tortgan va ayrim kishilar bokschining admini chindan ham mutaxassisni tanimaganligidan hayratlanganini bildirgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Star