"Barsa" prezidenti "Real"ning g'alabasi haqida: "Dunyoning eng kuchli chempionatida VAR yaxshi ishlamayapti"

Alisher
6 iyul 2020
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu "Real"ning La Liga 34-turi doirasidagi "Atletik" (1:0)ga qarshi o'yinida hakamlar ishini baholadi.

"Ikkinchi bo'limning oxirida Bilbaodagi o'yinni ko'rdim. "Madrid"ning yana bir g'alabasi, yana o'sha gapni takrorlamoqchiman, menga bu yoqmayapti, chunki bu dunyoning eng zo'r ligasi, VAR ajoyib tarzda ishlamayapti va bazi o'yinlarning natijalariga ta’sir qilmoqda. Aftidan VAR bitta jamoani qo'llab-quvvatlayapti.

Bizning muvaffaqiyatsiz natijalarimizga qaramasdan VAR adolatsiz ishladi va bundan bir nechta jamoalar zarar ko'rdi. Biz Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi bilan gaplashdik.

VAR tizimi hakamlarga yordam berishi kerak, ammo barchamiz bu tizimning adolatsiz ishlagan joylarini ham ko'rdik", - deydi Bartomeu "Vilyarreal" (4:1)ga qarshi o'yindan so'ng.


Ispaniyada ayni damda mana bu vaziyat bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda:


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo