"Arsenal" yarim himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
2 fev 2026
"Arsenal" yarim himoyachisi Mikel Merino oyoq jarohati tufayli operaciya qilinadi.

Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

29 yoshli ispaniyalik futbolchi 25 yanvar kuni bo'lib o'tgan Angliya chempionatining 23-turidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda (2:3) jarohat olgandi.

"Merinoning o'ng oyoq panjasi suyagida shikast aniqlandi. Yaqin kunlarda u operaciya qilinadi, shundan so'ng tiklanish va reabilitaciya jarayoni boshlanadi. Futbolchi uzoq muddatga maydondan chetda qolishi kutilmoqda", – deyiladi "Arsenal" bayonotida.

Merino 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 33 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com