"Arsenal" Ispaniya termasi yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
15 avg 2024
Qator ispan nashrlarining ma'lum qilishicha, "Arsenal" Mikel Merino transferini ijobiy hal qilishga juda yaqin.

Ma'lumotlarga ko'ra, londonliklar amaldagi Yevropa chempionini o'z safiga qo'shib oladigan bo'lgan. Ekrem Konurning xabar berishicha, bu transfer uchun "Arsenal" 30 million evro + bonus pullarini sarflashiga to'g'ri keladi.

"Transfermarkt" portali Merinoning narxini 50 million evroga baholagan. 

Biroq 28 yoshli ispanning "Real Sosedad" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga etadi. Shu sababli, "kanonirlar" tajribali futbolchini nisbatan arzon narxda sotib olishga muvaffaq bo'lishmoqda.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca/Экрем Конур