Argentina Superligasi. Maradona yangi jamoasi boshqaruvida ilk uchrashuvni o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
16 sen 2019, 00:25
Argentina chempionatining 6-turida Diego Maradona boshqaruvidagi Ximnasiya La-Plata o'z uyida Rasing Avelyanedani qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Maradonaning yangi jamoa murabbiyligidagi debyuti omadsiz chiqdi. Aytish joizki, Ximnasiya La-Plata musobaqaning joriy mavsumida birorta ham o'yinda g'alaba qozona olmagan. Ular hozirda 1 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida turishibdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia