APL. “Everton” safarda “Vest Xem”ni mag'lub etdi

Eldor Akmurzayev
9 may 2021
Angliya chempionati 35-turidan o'rin olgan “Everton” – “Vest Xem” bahsida mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

O'yindagi yagona golni 24-daqiqada Dominik Kalvert-Lyuin urdi.

Mazkur g'alabadan keyin Karlo Anchelotti shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 55 taga etdi va jamoa 8-o'rinda bormoqda. “Vest Xem” esa 58 ochko bilan 5-pog'onada qoldi.

"Vest Xem" – "Everton" 0:1 (0:1, 0:0)

"London Olimpiya stadioni"

Gol: 0:1 – 24 Kelvert-Lyuin.

"Vest Xem" – Fabianski, Coufal, Kressuell (Frederiks, 59), Diop, Douson, Lingard, Lansini (Bouen, 43), Souchek, Fornals, Benraxma (Yarmolenko, 73), Antonio.

"Everton" – Pikford, Kin, Koulmen, Godfri, Din, Allan, Devis, Sigurdsson (Delf, 85), Mina (Xolgeyt, 62), Risharlison (King, 84), Kelvert-Lyuin.

Ogohlantirishlar: Souchek (72), Lingard (75), Allan (77).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia