

SSKA kecha RPL 29-turida "Lokomotiv" bilan ro'baro' kelib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. "Armiyachilar" ikkinchi golni Fayzullaevning xatosidan keyin o'tkazib yubordi.
21 yoshli futbolchi bir necha daqiqa oldin Instagram sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:
"Ikkinchi goldagi xatom uchun barcha muxlislardan uzr so'rayman. Butun mas'uliyatni zimmamga olaman va keyingi o'yinlarda jamoaga yordam berishga harakat qilaman", – dedi Fayzullaev.

SSKA 29 turdan so'ng musobaqa jadvalida 56 ochko bilan to'rtinchi o'rindabormoqda.
Avvalroq SofaScore O'zbekiston MTJ a'zosiga 6,6 ball qo'ygandi. Bundan tashqari, SSKA ustozi Marko Nikolich Fayzullaev haqida fikr bildirgan edi.



