Namanganda o'tgan "Andijon" - "Turon" uchrashuvida durang qayd etildi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2021
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Turon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


31 iyul, shanba
ANDIJON – TURON - 1:1
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov
Komissar: Bekzod Aripov
Boshlanish vaqti: 20:00

Gollar: Sunnatilla Abdullajonov 38, - 0:1 (Abdulaziz Abdurashidov). Pavel Zabelin 51, - 1:1 (Abdulhay Ismoilov).

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2.Sardor Xursandov, 3.Azamat Isroilov (5.Abduvohid G'ulomov, 69), 7.Sherzod G'ulomjonov (20.Izzatillo Abdulhaqov, 77), 8.Baxtiyor Qosimov, 9.Pavel Zabelin, 14.Vasiliy Sovpel (10.Vladislav Vasilev, 46), 18.Abdug'ani Kamolov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyorbek Rahimqulov, 77.Xurshidbek Ubaydullaev (11.Abdulhay Ismoilov, 46).
Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Mirkomil Loqaev, 28.Abdurahmon Komilov.

"Turon": 87.Akmal Ortiqov, 7.Sunnatilla Abdullajonov (14.Doniyor Ismoilov, 84), 9.Humoyun Murtozaev (43.Kim Boyong, 75), 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.Fozil Musaev, 19.Vladislav Kasminin, 22.Abdulaziz Abdurashidov (8.Sunnatilla Ermatov, 84), 30.Sinisha Babich, 32.Jahongir Mehmonov, 55.Dayan Ponevich, 77.Bilolxon Toshmirzaev (10.Ixtiyor Toshpo'latov, 74).
Zaxira: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 3.Davronbek Umirov, 5.G'iyos Komilov, 20.Firdavs Chakalov. 

Ogohlantirishlar: Vladislav Kasminin 67, Abdug'ani Kamolov 86.


YANGILASH



90+4. O'YIN TUGADI. "Andijon" - "Turon" 1:1

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. Ogohlantirish. "Andijon". Abdug'ani Kamolov

84. O'zgarishlar. "Turon". Abdurashidov va Abdullajonov o'rniga Ermatov va Ismoilov tushdi

83. ZARBAAAA! Sunnatilla Abdullajonovning zarbasi noaniq ketdi! 

77. O'zgarish. "Andijon". G'ulomjonov o'rniga Abdulhaqov

75. O'zgarish: "Turon". Humoyun Murtozaev o'rniga Kim Boyong tushdi

74. O'zgarish: "Turon". Bilolxon Toshmirzaev o'rniga Ixtiyor Toshpo'latov tushdi

69. O'zgarish. "Andijon". Azamat Isroilov o'rniga Abduvohid G'ulomov tushdi 

67. Ogohlantirish. "Turon". Vladislav Kasminin

60. Hisob tenglashgach "Turon" hujumkorlikni oshirdi, ammo aniq zarbalar yo'q

51. GOOOOOOOOOOOOOOL! Pavel Zabelin! 1:1. O'ng qanotdan Abdulhay Ismoilov uzatgan to'pni Zabelin to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi! 

50. Xavfli vaziyat! "Andijon"ning hujumi, Plamen Dimov to'pga ulgurmadi, Ortiqov o'z o'rnida

46. O'zgarishlar. "Andijon". Ubaydullaev o'rniga Abdulhay Ismoilov tushdi, Vasiliy Sovpel o'rniga Vladislav Vasilev tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:1

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

42. ZARBAAAAAAAAAA! "Andijon" hisobni tenglashtirishi mumkin edi, zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi! 

41. UXXX! "Andijon" jarima to'piga ega bo'ldi, oshirib berilgan to'pni himoyaga yordamga kelgan Humoyun Murtozaev boshi bilan qaytardi.

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! SUNNATILLA ABDULLAJONOV 0:1. O'ng qanotdan Abdurashidovning havolatib uzatgan to'pini Abdullajonov boshi bilan darvozaga yo'lladi. 

38. O'yin tempi past, darvoza tomon zarbalar deyarli yo'q

34. "Andijon"dan qarshi hujum, Xursandov oldinga bordi va kutilmaganda yiqilib tushdi, hujum uzilib qoldi

28. Humoyun Murtozaev! Uning raqib jarima maydoni ichkarisidan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi!

22. Jamoalarga suv ichib olishlari uchun bir daqiqalik tanaffus berildi.

20. ZARBAAAA! Babichning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni va to'sini kesishgan joyga tegib maydonni tark etdi

18. UXX! Murtozaev Dimov tomonidan yiqitildi, "Turon"da xavfli jarima to'pi

9. ZARBA! Sinisha Babichning jarima maydoni yonidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

6. O'yin tempi u qadar yuqori emas.

2. Bugungi bahs Namangandagi "Markaziy" stadionda o'tayotganini eslatib o'tamiz.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia