

Bugun klub ofisida Vitaliy Levchenko bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma imzolandi. Murabbiy oldiga klub ishtirok etadigan barcha musobaqalarda eng oliy maqsadlar qo'yilgan. Istiqlolda Vitaliy Grigorevichga Alisher To'xtaev, Anvar Norqulov va darvozabonlar murabbiyi Farruh Berdiev yordam beradi.
Vitaliy Grigorevich Levchenko – 1972 yilning 23 mart kuni Xo'jandda tug'ilgan. Futbolchi sifatida Ukrainaning Dinamo va SSKA, Simferopolning Tavriya, Rossiyaning Volgar (Astraxan), Spartak (Kostroma), Dinamo (Stavropol), Ural (Ekaterinburg) va Xitoyning Chanchun Yatay klublarida to'p tepgan. Tojikiston terma jamoasi safida 10ta o'yin o'tkazgan.
Ukrainaning Knyaja (Borispol viloyati), Ednist (Chernigov viloyati), Desna (Chernigov) klublarida Ukraina yoshlar terma jamoasi yordamchisi, Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi, Barkchi va Rossiyaning Krilya Sovetov (Samara) klublarida ishlagan. Levchenkoning so'nggi klubi Xo'jand klubi bo'lgan edi.
Takidlash lozimki, Levchenkoda PRO licenziyasi yo'qligi bois Osiyo chempionlar ligasida jamoaning rasmiy bosh murabbiyi Mubin Ergashev edi. Levchenko shu yilning sentyabr oyida PRO licenziyasi uchun o'qishni boshlaydi.







