Saudiya Arabistoni bilan oxirgi o'yinimizda qo'lga kiritilgan g'alabadan GALEREYA

Tolibjon Qosimov
14 noya 2019, 14:31
Bugun, 14 noyabr kuni JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichi doirasida Saudiya Arabistonini qabul qilamiz.

Bugungi bellashuv oldidan saudiyaliklar bilan o'tkazilgan oxirgi o'yinimizda qo'lga kiritilgan g'alabadan suratlarni taqdim etishga qaror qildik. O'shanda Osiyo kubogi-2015 guruh bosqichi 3-turi doirasida g'alaba qozongan edik.


Osiyo kubogi-2015
"B"
guruhi, 3-tur
18.01.2015
"Melbourne Rectangular Stadium"
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 3:1
Gollar:
S.Rashidov 2, 78, V.Shodiev 71 - M.Al-Sahlavi 60 (pen.)

Terma jamoamizning o'sha bahsdagi boshlang'ich tarkibi.


Sardor Rashidov porlagan o'yin.


Hujumda Bahodir nasimov tushgandi.


Saudiya Arabistonining boshlang'ich tarkibi. Bu yerdagilardan Salim Al-Dovsari (18), Yosir al-Shahroni (13), Salmon al-Faraj (7) va Navaf al-Obid (20)lar katta ehtimol bugun ham asosiy tarkibda bo'ladilar.


Denisov, Nesterov va Nasimovlarning hech biri hozir terma jamoada emas, hozircha.





Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia