Rasman: Stiven Bergveyn - "Ayaks" futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
8 iyul 2022, 19:44
24 yoshli vinger Stiven Bergveyn "Tottenxem"dan Amstyerdamning "Ayaks" klubiga ko'chib o'tdi.

Shartnoma besh yilga imzolangan va 2027 yilning 30 iyunida yakunlanadi. "Ayaks" futbolchining transferi uchun "shporlar"ga 31,25 million evro to'laydi.

Bergveyn avvalroq Amstyerdam klubining yoshlar jamoasi o'ynagan. Shuningdek, "Tottenxem"ga o'tishdan oldin u PSV tarkibida to'p tepgan.

London klubi safida u 83 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi. Niderlandiya terma jamoasi safida esa futbolchi 22 o'yin o'tkazib, 6 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

"Shporlar" o'tgan mavsumda APLda to'rtinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Niderlandiya chempionligini qo'lga kiritgan "Ayaks" ham Yevropaning asosiy klublar turnirida ishtirok etadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ajax.nl